➡️Plastik xirurg ko‘rigi:
tug‘ma yuz-jag‘ nuqsonlari, lab va tanglay yoriqlari, kuyishdan keyingi chandiqlar va deformatsiyalar, qo‘l-oyoqdagi tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, teri va yumshoq to‘qimalardagi murakkab holatlar.
➡️Umumiy xirurg ko‘rigi:
churra, kindik va chov churrasi, tug‘ma xirurgik nuqsonlar, qorin bo‘shlig‘i hamda yumshoq to‘qimalarga oid kasalliklar, operativ davolash talab qilishi mumkin bo‘lgan boshqa murakkab holatlar.
➡️Ko‘rik davomida jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bor bolalar saralab olinadi. Zarur davolash va operatsiyalar turkiyalik mutaxassislarning keyingi tashriflari doirasida tashkil etiladi.
➡️Ko‘rik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.
➡️Barcha tibbiy xizmatlar — BEPUL!
📍 Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
📅 10–11-sentabr, 2026-yil
Yangiliklar
TURKIYALIK SHIFOKORLAR ANDIJONDA BOLALARNI BEPUL KO‘RIKDAN O‘TKAZADI
10–11-sentabr kunlari Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyaning malakali plastik xirurg va umumiy xirurg mutaxassislari tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi.