Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 22:13
view 484
TURKIYALIK SHIFOKORLAR ISHTIROKIDAGI AMALIYOTLAR OAVDA KENG YORITILMOQDA

Xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning "MedSkills Turkey" klinikasi malakali mutaxassislari O‘zbekistonga jalb etilgan edi.

O‘tgan 4 kun davomida Respublika bolalar ortopediya markazida 60 dan ortiq ehtiyojmand oila farzandlari, nogironligi bor bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 14 nafarga yaqini shu yerning o‘zida operatsiya qilinmoqda.

Jarayonlar "O‘zbekiston-24" kanalida ham suratga olindi, turk mutaxassislari, Fond mas'ullari va bemor bolalarning ota-onalari kamera qarshisida o‘z fikr va munosabatlarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, barcha xarajatlar Jamoat fondi tomonidan qoplab berilmoqda.