Yangiliklar
Turkiyaning "TRT" telekanali orqali turkiyalik shifokorlarning Surxondaryo viloyatida amalga oshirayotgan murakkab jarrohlik amaliyotlari keng yoritildi.
Ushbu lavhalarda xorijiy mutaxassislarning yuqori malakali tibbiy yordami, zamonaviy usullar asosida o‘tkazilayotgan operatsiyalar hamda bemorlar salomatligini tiklash borasidagi amaliy ishlar alohida ta’kidlandi.
Mazkur yorituvlar xalqaro tibbiy hamkorlikni mustahkamlash, hududlardagi tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.