19 yoshli Tursunpo‘lat Hakimov “Umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi IV-darajali skolioz kasalligi, o‘ng tomonlama qovurg‘a bukriligi” tashxisi bilan Turkiyaning “Medical Park” klinikasida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Videoda ko‘rganingizdek, Tursunpo‘latjonning qomati raso bo‘lib o‘tiribdi. Tog‘a-jiyanlarning quvonchi cheksiz. Tursunpo‘latjon tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, chiroyli yurish baxtiga erishganidan mamnun va buning uchun ular Prezidentimizga, Jamoat fondiga alohida tashakkur bildirdilar. Ushbu dil so‘zlarini videolavha orqali bizga yuborishdi.
Eslatib o‘tamiz, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.
Tursunpo‘latjon operatsiyadan keyingi davo muolajalarini O‘zbekistonga kelib davom ettiradi va mahalliy shifokorlar nazoratida bo‘ladi.