➡️Uzoq vaqt davomida umurtqa pog‘onasining tug‘ma kifoskoliozi, SOVV tasnifi bo‘yicha IV darajasi bilan kurashib kelgan Bozorova Sarvara va uning oilasi uchun bu sinov oson kechmadi.
➡️Farzandining sog‘lig‘i bilan bog‘liq murakkab holat sabab oila Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga murojaat qildi. Vaziyat atroflicha o‘rganilib, Sarvaraning yuqori malakali tibbiy yordam olishi uchun uni Turkiyaning nufuzli klinikalaridan biriga davolanishga yuborish masalasi tezkor hal etildi.
➡️Sarvara Turkiyada zarur tekshiruv va davolash bosqichlaridan o‘tdi. Bugun esa uning holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda.
➡️Qizining ahvoli yaxshilanayotganini ko‘rgan ona quvonch ko‘z yoshlari bilan Fond jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi. U, ayniqsa, farzandlar salomatligiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur tashakkurini izhor etdi.
➡️Bu bir oilaning quvonchi, biroq uning ortida bundan ham katta ma’no bor — vaqtida ko‘rsatilgan yordam, to‘g‘ri qaror va bir bolaning sog‘lom hayot sari qaytayotgan umidi.
🖇Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi — har bir bolaning sog‘lom kelajagi uchun.
Xayriya qilish⬇️⬇️⬇️