Yangiliklar
calendar 26.11.2026 | 16:31
view 19
USTOZ QALBIDAN CHIQQAN EHTIROM VA TILAKLAR

➡️Og‘ir xastalikni matonat va sabr bilan yengib o‘tgan Shahzoda bugun yana qadrdon maktabiga, ustozlari va sinfdoshlari davrasiga qaytdi.

➡️Shahzodaning ustozlaridan biri — Jizzax shahridagi 10-son umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Irgasheva Umida Baxrom qizi o‘quvchisining yana maktabga qaytib, darslarda faol qatnashayotganini ko‘rish ustoz uchun eng katta quvonch ekanini ta’kidladi.

➡️U Shahzodaning og‘ir davolanish jarayonida doimo yonida bo‘lgan ota-onasining sabr-matonatini alohida e’tirof etib, farzandining sog‘ayishi uchun yaratilgan imkoniyatlar sabab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi rahbariyati va jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

➡️“Shahzodaning yana kulib, sinfdoshlari bilan bir safda ta’lim olayotganini ko‘rish — biz, ustozlar uchun eng katta baxt. Uning kelajagi yorqin, qadamlari bardavom bo‘lsin”, — deya ezgu tilaklarini bildirdi ustoz.

➡️Bir bolaning maktabga qaytishi — shunchaki darsga qaytish emas. Bu sog‘lom hayotga, orzularga va kelajakka qaytishdir.