Yangiliklar
calendar 14.09.2026 | 11:39
view 44
VASIYLIK KENGAShI YIG‘ILIShI — “O‘ZBEKISTON 24” EFIRIDA

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanali orqali keng yoritildi.

➡️ Yig‘ilishda Fond tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, og‘ir va murakkab kasalliklarga chalingan bolalarga ko‘rsatilayotgan manzilli tibbiy yordam, shuningdek, navbatdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🩺 Ayniqsa, murakkab jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalarning tibbiy xulosalari alohida ko‘rib chiqilib, ularni davolash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

🎥 Yig‘ilish tafsilotlari — “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida.