➡️Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondida AQShning The Church of Jesus Christ of Latter-day Saints xalqaro gumanitar tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️Uchrashuvda Marat Sadikov va Barno Abdusamatova ishtirok etib, bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma xayriya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
➡️Muzokaralar davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, bolalarga manzilli yordam ko‘rsatish va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.
➡️Tomonlar kelgusida amaliy hamkorlikni rivojlantirish va bolalar manfaatlariga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.