Yangiliklar
calendar 17.09.2024 | 16:35
view 384
Xitoyning Markaziy Janubiy arxitektura loyiha instituti (CSADI) bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati bilan Xitoyning Markaziy Janubiy arxitektura loyiha instituti (CSADI) o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Ta'kidlandiki, tomonlar ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish orqali Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondining O‘zbekiston-Xitoy munosabatlaridagi qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish, masofaviy tibbiyotni rivojlantirish, shifokorlarni Xitoyda malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ko‘p tarmoqli klinikalarni qurish va jihozlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, ta'lim muassasalari, reabilitatsiya markazlari majmualarini qurish kabi masalalarda fikr almashildi.

Xitoyning mazkur instituti murakkab epidemiya davrida ham tibbiyot rivoji uchun munosib hissa qo‘shdi. Institutning turli dizayn va ixchamlikni o‘zida ifoda etuvchi loyihalari og‘ir sharoitdagi bemorlarni davolashda o‘z natijasini bergan.

Bu memorandum doirasida bir qator loyihalar, jumladan, tibbiyot, ta'lim va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi vazifalarga ko‘proq e'tibor qaratiladi.