Yangiliklar
Xorazmda “Sog‘lom kelajak” aksiyasi: plastik va umumiy jarrohlik yo‘nalishida tibbiy ko‘riklar
➡️Xorazm viloyatida o‘tkazilgan “Sog‘lom kelajak” aksiyasi doirasida Turkiyadan kelgan mutaxassislar ishtirokida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ayniqsa, plastik jarrohlik va umumiy jarrohlik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Shifokorlar tomonidan turli tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar, jarrohlik aralashuvini talab qiluvchi kasalliklar aniqlanib, bemorlarga zarur tavsiyalar berildi. Ayrim holatlarda operatsiyalarni rejalashtirish bo‘yicha ham amaliy ko‘rsatmalar berildi.
➡️Mazkur aksiya Fakt 24 dasturi orqali keng yoritilib, unda mutaxassislar faoliyati va aholining fikrlari namoyish etildi.