Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 14:23
view 137
XORAZMDAGI XAYRIYA TIBBIY AKSIYASINING IKKINCHI KUN FOTOSURATLARI

➡️Xorazm viloyatida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tibbiy aksiyasi doirasida murakkab jarrohlik amaliyotlari davom etmoqda.

➡️Turkiyalik malakali mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Mazkur aksiya davomida 50 nafar bemor bolada murakkab jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

➡️Eng muhimi, bu tashabbus orqali olis hududlarda yashovchi, davolanish imkoniyati cheklangan bolajonlarga sog‘lom hayot sari yangi umid ulashilmoqda. Xayriya tibbiy aksiyasi 22-mayga qadar davom etadi.