Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 12:29
view 629
Yangi yil — mehr va saxovat ayyomi

➡️Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Do‘stobod Jaloir qishlog‘ida yashovchi fuqaro Kulmanova Gulmiraning 2017-yilda tug‘ilgan farzandi Sultonbekov Bunyodbekga “Tug‘ma buyrak usti bezi po‘stlog‘i disfunktsiyasi. Viril shakli (E25.0) — ferment yetishmovchiligi bilan bog‘liq tug‘ma adrenogenital buzilish” tashxisi asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.

➡️Yangi yil munosabati bilan ushbu oilaga:
 • 6 dona Diferelin dori vositasi,
 • qishki va bahorgi mavsum uchun 2 dona oyoq kiyim,
 • 600 000 so‘m miqdorida moddiy yordam puli topshirildi.

➡️Bu ezgu yordam onaning ko‘z yoshlariga sabab bo‘ldi — bu yoshlar darddan emas, mehr va e’tibordan tug‘ilgan yoshlar edi. Hech bir ona bunday sinovlarga duch kelmasin, hech kim dard ko‘rmasin. Onaning cheksiz quvonchi, farzandiga bo‘lgan umidi barchamizni chuqur ta’sirlantirdi.

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi jamoasi ushbu oilaga bundan buyon ham doimiy ravishda yordam ko‘rsatib borishini bildiradi. Mehr, saxovat va insoniylik yo‘li hech qachon to‘xtamasin.