Yangiliklar
Yangi yil quvonchi mehribonlik uyida
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fond vakillari tarbiyalanuvchi bolajonlarning holidan xabar olib, ularning kayfiyati va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalarga esdalik sovg‘alari topshirilib, bayramona muhit va samimiy tabassumlar ulashildi. Ushbu tashrif bolajonlarga quvonch va iliq kayfiyat bag‘ishlab, ularning yangi yilni yanada ko‘tarinki ruhda kutib olishlariga sabab bo‘ldi.
➡️Fond jamoasi kelgusida ham bolalarning baxtli kelajagi yo‘lida ezgu tashabbuslarni davom ettirishini ta’kidladi.