Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Xoshimov Shaxzodjon 18 yoshda. U 3-guruh nogironi sifatida doimiy ro‘yxatda turadi.
Shaxzodjon bolalikdan kompyuter texnologiyalariga qiziqib keladi, dasturlar yaratish va dizaynerlik sohasi unga begona emas. Tumandagi “Monomarkaz”da kasb-hunarga o‘qitilib, unga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikasi to‘plami bilan ta'minlandi.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari B.Abdusamatova, “Mustaqillik” MFY raisi A.Karataevlar Shaxzodjonning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tiladilar.
Aksiya davom etmoqda.