Yangiliklar
calendar 11.09.2026 | 10:01
view 56
Yig‘ilishning eng ta’sirli lahzalaridan biri — Turkiyada murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib, Vatanga qaytgan bolalarning natijalari aks etgan taqdimot bo‘ldi.

Kecha og‘riq bilan kurashgan, ota-onasi esa har kuni birgina yaxshi xabarni kutgan bolalarning bugun sog‘ayish sari qadam tashlayotganini ko‘rish — amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning eng katta natijasidir.

➡️Vasiylik kengashi a’zolari operatsiyadan qaytgan bolalarning salomatligini muntazam kuzatib borish, reabilitatsiya jarayonini o‘rganish, zarur hollarda ularga qo‘shimcha tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhimligini alohida ta’kidladilar.

➡️Yig‘ilish davomida a’zolar o‘rtasida savol-javoblar va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Har bir bolaning holatiga individual yondashish, davolanishdan keyingi natijalarni nazorat qilish va yordamga muhtoj oilalarni yolg‘iz qoldirmaslik bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

➡️Chunki bu yerda gap shunchaki raqamlar haqida emas.
Bu — 25 ta bolalik, 25 ta taqdir va farzandining sog‘ayishini kutayotgan 25 oilaning umidi haqida.

🥞Har bir sog‘aygan bola — Fond faoliyatining eng katta natijasi. Har bir bolaning tabassumi esa qilinayotgan ezgu ishlarning eng qadrli mukofotidir.