Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 11:27
view 419
JAJJI SHUKRONA O‘ZBEKISTONGA QAYTDI

Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi moliyaviy ko‘magi bilan Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Maftuna Ochilovaning 2023 yilda tug‘ilgan farzandi  Shukrona Alimjonova “O‘t yo‘llari atreziyasi. Portal gipertenziya. Sitopeniya” tashxisi asosida Turkiyaning “Medical Park” shifoxonasida operatsiya qilingan edi. 

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va ular kuni kecha O‘zbekistonga qaytib kelishdi. Shu munosabat bilan, jajji qizaloqning ota-onasi Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

O‘zbekistonga qaytgan Shukrona to‘liq salomatligini tiklaguncha doimiy ravishda shifokorlar nazoratida bo‘lib turadi.