Bizga yordam qo`lini cho’zayotgan hamkorlarimizga minnatdorchilik so'zlari!
Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi dasturlarimizda ishtirok etayotgan va har qanday shaklda – moliyaviy, moddiy, ma’naviy, manzilli yordam ko‘rsatayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildiramiz.
Dunyo yaxshilik ilinadigan, doimo yordam berishga va qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lgan g'amxo'r, saxovatpesha insonlarga tayanadi. Ishonchingiz, g'amxo'rligingiz va ishtirokingiz uchun tashakkur. Sizning yordamingiz juda qimmatli va hech qachon unutilmaydi. Siz o'z vaqtida, eng muhimi, butun qalbingiz bilan, uzrsiz va kechiktirmasdan yordam berasiz. Sizning mehribonligingiz va beg’araz yordamingiz uchun tashakkur!