Новости
calendar 23.12.2024 | 10:58
view 453
ASMIRADA JIGAR KO‘ChIRISh AMALIYoTI MUVAFFAQIYaTLI O‘TKAZILIB, U O‘ZBEKISTONGA QAYTIB KELDI

ASMIRADA JIGAR KO‘ChIRISH AMALIYOTI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILIB, U O‘ZBEKISTONGA QAYTIB KELDI

Asmiraning ota-onasi bu vaqt oralig‘ida murojaat qilmagan vrachi, bormagan shifoxonasi qolmadi. Kasallikning yagona davosi – xorij klinikalarida jigar transplantasiyasini o‘tkazish edi. Buning ham chorasi topildi. 

Qisqa vaqt ichida Asmira Turkiyaning “Adjibadem” klinikasiga operatsiya amaliyotini o‘tkazish uchun shoshilinch yuborildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Bundan bir oy avval bolaning otasi Usmon Abdusamatov Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga qo‘ng‘iroq qilib, farzandining ahvoli yaxshi ekanligini, jigar ko‘chirish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini aytib, Prezidentimizga va Jamoat fondiga alohida minnatdorchilik bildirgan edi.

Ushbu murakkab operatsiya Fondning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan birinchi va oxirgi amaliyotlar emas. Shu kunga qadar 21 nafar bola xorijning nufuzli klinikalarida davolanib, salomatligini tiklab qaytdi.

Jajji kichkintoy Asmira va uning ota-onasi bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga tashrif buyurib, ushbu imkoniyatni yaratib bergan Prezidentimizga va Fond tomonidan barcha xarajatlar qoplab berilganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.