Новости
calendar 23.12.2024 | 14:26
view 1091
Bolalar milliy tibbiyot markazida qanday noyob amaliyotlar o‘tkazilmoqda?

Bolalar milliy tibbiyot markazi — mamlakatimizning eng ilg‘or tibbiyot muassasalaridan biri. 

                                                             

❗️2023 yilning o‘tgan davrida kichik yoshli bemorlarda ilk bor umurtqa pog‘onasi qiyshiqligi (skolioz) kasalligini radikal korreksiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, hozirgacha 30 ga yaqin bolada ushbu operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

💰 Vaholanki, bugunga qadar mazkur amaliyotlar Turkiya va Hindiston davlatlarida 20-25 ming AQSh dollari evaziga amalga oshirilib kelingan.

♻️ Shuningdek, joriy yil markazda birinchi marta bolalarda buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi mahalliy mutaxassislar ishtirokida bajarildi.

🩸 Qolaversa, shu yil iyul' oyida O‘zbekistonda ilk bor oqqon kasalligiga chalingan bolalarda suyak ko‘migi autotransplantasiyasi amaliyoti Hindiston va Belarus' davlatlaridan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

💵 Mazkur muolaja Turkiya va Belarus' davlatlarida 120-170 ming AQSh dollari evaziga qilinishini inobatga olsak, ushbu amaliyotning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimiz tibbiyotida erishilgan katta yutuqlardan biri bo‘ldi.

📈Hozirgi kunda suyak ko‘migi autotransplantasiyasi amaliyotini yiliga 70 tagacha yetkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

🩻 Bundan tashqari, joriy yil O‘zbekiston tarixida ilk bor Nukus shahrida bir kunlik chaqaloqda markaz mutaxassislari ishtirokida tug‘ma nuqson hisoblangan Ekstrafiya va Epispadiya kompleks kasalligi jarrohlik yo‘li bilan davolandi.