Новости
calendar 23.12.2024 | 11:50
view 427
Fondning 2 yilligi bilan bemor bolajonlarning ota-onalaridan tabriklar kelmoqda

"FARZANDIM BUGUN SOG‘LOM BOLALAR QATORIGA QO’SHILDI"

Bundan bir necha oy oldin Turkiyada davolanib qaytgan Dinara Kudabayevaning farzandi Azamatjon bugun sog‘lom bolalar qatoriga qo‘shilib, darddan butunlay forig’ bo’ldi. 

2020-yilda tugʻilgan Azamat Artikbayev "Ichak tug‘ma rivojlanish nuqsoni. Girshprung OKX. Oqsil-energetik yetishmovchilik og‘ir daraja" tashxisi bilan Turkiyaning “Medical Park” klinikasida Fond ko’magi bilan to’liq davolanib qaytgan edi. Bugun uning ahvoli yaxshi.
 
Onaning so’zlariga ko’ra, ular farzandini davolatish uchun juda ko’p klinikalarda davolanishga to’g’ri keldi. Ammo natija yoʻq edi. Hozir esa barcha qiyinchiliklar ortda qolib, ularning farzandi tengdoshlari qatorida o’ynab-kulib yuribdi.

- Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan murakkab jarrohlik amaliyotining barcha xarajatlari to’liq qoplab berildi. Bundan oilamiz bilan juda minnatdormiz. Fond 2 yoshga to’lishi munosabati bilan Prezidentimizni va Fond jamoasini tabriklayman, – deydi Dinara Kudabayeva.