Новости
calendar 23.12.2024 | 00:41
view 596
IKKI YOSHLI BEMOR BOLAGA "BIPAP" APPARATI XAYRIYA QILINDI

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro Sh.Mamirova 2021-yilda tug‘ilgan farzandi "Spinal mushak atrofiyasi" tashxisi bilan davolanib kelayotganligi va uning hayotini saqlab qolish maqsadida BIPAP qurilmasiga ehtiyoji borligini so‘rab murojaat qilgan edi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi murojaatni javobsiz qoldirmadi. 

Jajji qizaloqni sog‘lom hayotga qaytarish yo‘lida mazkur qurilmani xarid qilib, bugun uning yaqinlariga topshirdi.

"BIPAP" qurilmasi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, o‘pkaning invaziv bo‘lmagan usulda samarali, qulay ventilyasiyasini ta'minlash uchun mo‘ljallangan. Obstruktiv uyqu apneasi, surunkali nafas etishmovchiligi, semizlik gipoventilasiyasi (Pikvik sindromi), nerv-mushak kasalliklari va nafas olish funksiyalari patologiyasi bo‘lgan boshqa kasalliklardan aziyat chekadigan bemorlar uchun tavsiya etiladi.