Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi uning xonadoniga tikuv mashinasi olib kelganidan mutlaqo bexabar. Bizni Hilolaning onasi ochiq chehra bilan kutib oldi.
Nogironligi bo‘lishiga qaramasdan Hilola uyda bir zum o‘tirgani yo‘q. Tikuvchilikning siru sinoatlarini o‘rganish uchun vaqtini qizg‘anmaydi.
Endigina 18 yoshga kirgan qahramonimizdan oila a'zolarining umidi katta. Allaqachon u buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. Sovg‘a qilingan mana bu tikuv mashinasi esa unga chinakamiga quvonch bag‘ishlashi tabiiy.
Biz ham uning ishlariga omad tilab qolamiz!