Новости
calendar 23.12.2024 | 23:24
view 713
MAHFUZAXONDA ILIK KO‘CHIRISH AMALIYOTI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI.

2004 yilda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topgan Mahfuza G‘ozixonovaning ota-onasi farzandiga qo‘yilgan "Orttirilgan aplastik kamqonlikning og‘ir turi" tashhisi bilan davolanishga muhtoj holda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga murojaat qildi. Fondning mahalliy va xorijlik shifokorlar bilan olib borgan maslahatlashuvlaridan so‘ng, bemor Turkiyaning "Emsey" klinikasida davolanish uchun yuborildi. Unga ilik ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti muvaffaiyatli yakunlandi.

Mahfuzaxon bolalikdan shifokorlikni orzu qilar edi. Shu bois , u Farg‘onadagi tibbiyot kollejida tahsil oldi. 

Turk shifokorlari uning bu qiziqishlarini inobatga olib, unga "Emsey" klinikasining ramziy belgisi tushirilgan oq xalat va stetoskopni sovg‘a qilishdi.

Mahfuzaning ahvoli hozir ancha yaxshi. Tez orada O‘zbekistonga qaytadi. Fondning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan bu kabi murakkab amaliyotlar birinchi va oxirgisi emas. 

Bizni kuzatib boring!!!