Новости
calendar 23.12.2024 | 20:29
view 581
ODINABONUNI DARD BOSHQA BEZOVTA QILMAYDI Ayni paytda Turkiyada boʻlib turgan 12 yoshli Odinabonu Xolmuhammedovaning ota-onasi Fondga minnatdorchilik maktubini yubordi.

2011-yilda tugʻilgan Odinabonu "Fokal epilepsiya. Tuberoz skleroz" tashxisi bilan davolanib keladi. 

Fondning moliyaviy ko’magi bilan ular Turkiyaning “Medicana Ataşehir Hastanesi” klinikasida murakkab amaliyotni boshdan o’tqazdilar.

Odinabonuning hozirgi ahvoli yaxshi. Uning ota-onasi oʻz soʻzlarida Davlatimiz rahbariga, Fond jamoasiga va barcha mehr-saxovat qoʻlini choʻzgan insonlarga minnatdorchilik bildirgan.