Новости
calendar 23.12.2024 | 22:25
view 502
OMMAVIY QABULDA JAMOAT FONDI MUROJAATLARNI JAVOBSIZ QOLDIRMADI

Bugun Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi. Qabulda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi direktori M.Sadikov ehtiyojmand oila farzandlari va nogironligi bor 18 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar salomatligi bilan qiziqdi.

Nilufar Chinpo‘latova hali 12 yoshda. Unda bosh miya jarohati bilan bog‘liq muammo borligi sababli uning bosh miya suyagi o‘rniga titan plastinka qo‘yishilishi bo‘yicha gaplashib olindi. 

Bunday amaliyotlarni yurtimizda o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Nilufarning davolanishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar Fond tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi.