Новости
calendar 19.09.2024 | 12:35
view 420
🙏OTANING MUROJAATLARI JAVOBSIZ QOLMADI. UNING FARZANDIGA “OKTAGAM” DORI VOSITASI XAYRIYA QILINDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi navbatdagi murojaatni javobsiz qoldirmadi.  Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Javlonbek Iskandarov hozirda nasliy genetik kasallik, “Lui-Bar sindromi” boshlang‘ich fazasi psixognitiv funksiyalar buzilishi” tashhisi bilan davolanayotgan farzandi Bobomurod Hamdamovning salomatligini tiklash maqsadida “OKTAGAM” dori vositasini so‘rab murojaat qildi. 

Asab va immun tizimi buzilishi bilan kechuvchi kam uchraydigan irsiy kasallik “Ataksiya teleangiektaziya” yoki Lui-Bar sindiromi deb ataladi. Bu aholining taxminan 1 foizida uchraydi. Bemorlarda yurish, harakatlarni koordinasiya (muvofiqlashtirish) holati buziladi, ko‘z va teri tomirlarining doimiy kengayishi kuzatiladi. 

Bilamizki, mazkur xastalikni davolash juda qimmat hisoblanib, dorilarni xarid qilishga oilaning moddiy ahvoli yetmaydi. Murojaat o‘rganilib, Fond tomonidan bemorga “OKTAGAM” dori vositasi xayriya sifatida olib berildi.