Новости
calendar 19.09.2024 | 10:29
view 404
TADBIRKOR TOMONIDAN BOLALAR UChUN 28 000 DONA KITOB SOVG‘A QILINDI

Xabaringiz bor, o‘tgan yili Jamoat fondi tomonidan “Yosh kitobxon” loyihasiga start berilgan edi. O‘tgan davr mobaynida Respublika bolalar suyak sili sanatoriysi, Toshkent peditariya tibbiyot instituti klinikasi va boshqa bolalar davolanayotgan shifoxonalarga “Ma'naviyat burchak”lari tashkil etilib, qiziqarli adabiyotlar to‘plami bilan boyitilgan edi.

 


Endilikda bu tashabbus yanada qo‘llab-quvvatlanib, ma'naviyati yuksak xalqimizning mutolaa madaniyatiga singib bormoqda.

Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondiga “Novda Edutainment” MChJ tomonidan 28 ming dona turli yoshga mo‘ljallangan bolalar adbiyotlari sovg‘a sifatida topshirildi. Albatta, bu adabiyotlar bosqichma-bosqich bemor bolalar davolanayotgan shifoxonalarga yetkaziladi va maxsus kitob javonlaridan o‘rin oladi.

Aziz yurtdoshlar!!! Agar siz ham ushbu loyiha ishtirokchisi bo‘lishni istasangiz, o‘zingiz sevib mutolaa qilgan va tavsiya etmoqchi bo‘lgan kitoblaringizni "Mo‘'jazgina kutubxona"miz uchun tuhfa qiling!!! Bu kitoblarni Fondga olib kelib bersangiz, biz, albatta, bu adabiyotlarni bolajonlarga sovg‘a qilamiz.

Fond tomonidan boshlangan ana shunday ezgu g‘oya va tashabbus hali davom etadi.