Новости
calendar 20.09.2024 | 02:58
view 484
TEZ KUNDA. YANA BIR LOYIHA AMALGA OSHIRILADI. “MOHIR QO‘LLAR”

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Mohir qo‘llar” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan, olis tumanlarda turadigan va nogironligi bor bo‘lgan 16-18 yoshdagi bolalarni ijtimoiy moslashtirish maqsadida Monomarkazlarda o‘qitilmoqda.

– Loyihaning maqsadi kasb-hunarga o‘qitilgan nogironligi bor bolalarni uy sharoitida mehnat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdir. Ularga Fond tomonidan zarur texnika va asbob-uskunalar olib beriladi. Bolalar shu kasb bilan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, oilalari iqtisodiga yordamlari tegishi mumkin, – deydi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari B. Abdusamatova.