Новости
calendar 20.09.2024 | 10:30
view 416
TURK SHIFOKORLARI FARG‘ONADA

Kecha ma'lum qilganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini sog‘lom hayotga qaytarish borasida Turkiyaning nufuzli "Haydarpasha" tibbiyot muassasasidagi malakali mutaxassislar O‘zbekistonga jalb etilgan edi.

Hozirda ushbu shifokorlar erta tongdan Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar. Bu yerda oftalmologiya, travmatologiya va plastik xirurgiya yo‘nalishida og‘ir tashhisli bemor bolajonlarga amaliy yordam beriladi. 

Ayni paytda shifoxona murojaat qiluvchilar bilan gavjum. Tibbiy-ko‘rik davom etmoqda.