Новости
calendar 23.12.2024 | 16:34
view 870
TURKIYADA ILIK KO‘ChIRISh AMALIYoTINI MUVAFFAQIYaTLI O‘TKAZGAN BEMOR BOLAJONLAR O‘ZBEKISTONGA QAYTIB KELDI

2006 yilda tug‘ilgan Asatullaev Sa'dullajon va 2021 yilda tug‘ilgan Nusratov Imronjonlarning ota-onasi farzandiga qo‘yilgan "O‘tkir leykoz" tashhisi bilan davolanishga muhtoj holda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga murojaat qilishgan edi. Fondning mahalliy va xorijlik shifokorlar bilan olib borgan konsiliumlaridan so‘ng, bemor bolajonlar Turkiyaning "Adjibadem" klinikasida davolanish uchun 2022 yilning oktyabr' oyida yuborildi va ularga ilik ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Batafsil video lavhada tomosha qiling.

Bemor bolalarning hozirgi ahvoli ancha yaxshi. Ijobiy tomonga o‘zgarishlar bor. Fond tomonidan ham, qolaversa Turkiyalik shifokorlar ham har bir bemorni juda sinchkovlik bilan nazorat qilib borilmoqda.

Ushbu murakkab operatsiya Fondning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan birinchi va oxirgi amaliyotlar emas. Shu kunga qadar 25 nafar bola xorijning nufuzli klinikalarda davolanib, salomatligini tiklab qaytdi.

Bugun ushbu bolajonlar ota-onalari bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga tashrif buyurib, avvalo Prezidentimizga va Fond tomonidan barcha xarajatlar qoplab berilganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.