Новости
calendar 23.12.2024 | 14:00
view 435
TURKIYALIK SHIFOKORLAR ISHTIROKIDA MURAKKAB AMALIYOTLAR O‘TKAZILADI

Xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning "MedSkills Turkey" klinikasi malakali mutaxassislari O‘zbekistonga jalb etilgan edi.

Kecha ular Respublika bolalar ortopediya markazida 30 dan ortiq ehtiyojmand oila farzandlari, nogironligi bor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, 10 nafarida murakkab operatsiya amaliyotlari o‘tkazishni rejalashtirishgan edi.

Bugun ham tibbiy tekshiruv jarayonlari davom etdi. Bolalarni operatsiya tayyorlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, barcha xarajatlar Jamoat fondi tomonidan qoplab berilmoqda.