News
calendar 23.12.2024 | 21:58
view 659
FOND TOMONIDAN O‘ZBEKISTON BOLALAR GEMATOLOGI VA BO‘LIM BOSHLIG‘I TURKIYANING ADJIBADEM KLINIKASIGA YUBORILDI

Ayni paytda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari B.Abdusamatova boshchiligida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi bosh shifokori, bolalar gematologi S.Ibragimova, shuningdek ushbu markazning 1-onkogematologiya bo‘limi boshlig‘i N. Babaxanovalar Turkiyaning "Adjibadem" klinikasida bo‘lib turibdi.

Xabaringiz bor,  Turkiyaning “Adjibadem” klinikasida 4 nafar bemor bolajonlar ilik ko‘chirish amaliyotini boshidan o‘tkazmoqdalar. Fond tomonidan barcha xarajatlar to‘liq qoplangan bo‘lib, ularning tibbiy ahvoli qoniqarli darajada. 

🩺O‘zbek shifokorlari ushbu klinikadagi shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida  hozirda davolanayotgan bolalarni keyingi bosqichda davolash yuzasidan turkiyalik hamkasblari bilan fikr-mulohaza va tajriba almashdilar.

✍️Kelgusida O‘zbekistonda ham ushbu murakkab amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.