Xabaringiz bor, Turkiyaning “Adjibadem” klinikasida 4 nafar bemor bolajonlar ilik ko‘chirish amaliyotini boshidan o‘tkazmoqdalar. Fond tomonidan barcha xarajatlar to‘liq qoplangan bo‘lib, ularning tibbiy ahvoli qoniqarli darajada.
🩺O‘zbek shifokorlari ushbu klinikadagi shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida hozirda davolanayotgan bolalarni keyingi bosqichda davolash yuzasidan turkiyalik hamkasblari bilan fikr-mulohaza va tajriba almashdilar.
✍️Kelgusida O‘zbekistonda ham ushbu murakkab amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.