News
calendar 26.06.2024 | 11:56
view 280
🩺KUNNING BIRINCHI YARMIDA 150 NAFAR BEMOR BOLA TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

✔️Avval xabar qilganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi davom etmoqda.

🔬Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan kunning birinchi yarmida 150 nafar bemor bola tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, ularga zarur maslahatlar berildi. 

– Og‘ir xastaligi bor, kechiktirib bo‘lmaydigan bemor bolalarni mahalliy yoki xorij klinikalarida imtiyozli davolash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Barcha mablag‘lar Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, – Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova.