🔬Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan kunning birinchi yarmida 150 nafar bemor bola tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, ularga zarur maslahatlar berildi.
– Og‘ir xastaligi bor, kechiktirib bo‘lmaydigan bemor bolalarni mahalliy yoki xorij klinikalarida imtiyozli davolash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Barcha mablag‘lar Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, – Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova.