News
calendar 23.12.2024 | 12:47
view 415
MURAKKAB AMALIYOTNING NATIJASI

Bemor Diana 13 yoshda. Unga "Proksimal orqa miya mushaklari atrofiyasi, 5-bosqich, og‘ir darajasi" tashxisi qo‘yilgan.

Bolaning mazkur holati tibbiyotda og‘ir baholanib, shoshilinch amaliyot zarurligini ko‘rsatdi. Ammo mazkur operatsiya ancha qimmat hisoblanib, bunga oilaning byudjeti va imkoni yetmas edi.


Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga qilingan murojaat natijasiz qolmadi. Diana shoshilinch tarzda Turkiyaning nufuzli klinikasida operatsiya qilindi.

Suratda ko‘rganingizdek, bolaning ahvolida katta o‘zgarish bor. Endi u ham tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, yurish baxtiga erishdi.

Barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.