Bolaning mazkur holati tibbiyotda og‘ir baholanib, shoshilinch amaliyot zarurligini ko‘rsatdi. Ammo mazkur operatsiya ancha qimmat hisoblanib, bunga oilaning byudjeti va imkoni yetmas edi.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga qilingan murojaat natijasiz qolmadi. Diana shoshilinch tarzda Turkiyaning nufuzli klinikasida operatsiya qilindi.
Suratda ko‘rganingizdek, bolaning ahvolida katta o‘zgarish bor. Endi u ham tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, yurish baxtiga erishdi.
Barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.