News
calendar 19.09.2024 | 13:40
view 350
🎁NAZIRJON TANTANALI KUTIB OLINDI!!!

✔️Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan hozirda Turkiyaning "Adjibadem" klinikasida bir nechta bemor bolalar ilik ko‘chirish amaliyotini o‘tkazmoqda.

Bugun ushbu bolalardan bir nafari Nazirjon Maxmudov qariyb 5 oy davomida sabr bilan ushbu dardni yengib, ilik ko‘chirish amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazib, O‘zbekistonga qaytdi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi xodimlari bemor bolajonimizni multfilm qahramonlaridan iborat bayramona kayfiyat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan tantanali kutib oldi.

Nazirjonning hozirgi holati ancha yaxshi, kayfiyati ham a'lo darajada. Uning ota-onasi davlatimizdan minnatdor.