Bugun ushbu bolalardan bir nafari Nazirjon Maxmudov qariyb 5 oy davomida sabr bilan ushbu dardni yengib, ilik ko‘chirish amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazib, O‘zbekistonga qaytdi.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi xodimlari bemor bolajonimizni multfilm qahramonlaridan iborat bayramona kayfiyat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan tantanali kutib oldi.
Nazirjonning hozirgi holati ancha yaxshi, kayfiyati ham a'lo darajada. Uning ota-onasi davlatimizdan minnatdor.