News
calendar 20.09.2024 | 23:53
view 332
OQOLTINLIK BARCHINOY KASBI ORQALI DAROMAD TOPA BOSHLADI

Avval xabar qilganimizdek, "Mohir qo‘llar" loyihasi Sirdaryolik yoshlarning hayotida katta burilish yasadi. Bugun ular o‘z kasbining mohir ustalariga aylanib, oilalari uchun daromad keltira boshladilar.

Navbatdagi manzilimiz Oltinko‘l tumanida yashovchi Qosimova Barchinoy xonadonida bo‘ldi. Barchinoyni uydan emas, doimiy ish ustida topdik. 

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan unga qandolatchilik asbob-anjomlari to‘plami ishlab turgan joyiga olib borib topshirildi. U bundan juda mamnun. 

Albatta, bu kabi loyiha davom etmoqda. Hali qancha yoshlar bizni kutmoqda. Bu safargi manzilimiz Navoiy viloyatidan bo‘ladi.