Navbatdagi manzilimiz Oltinko‘l tumanida yashovchi Qosimova Barchinoy xonadonida bo‘ldi. Barchinoyni uydan emas, doimiy ish ustida topdik.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan unga qandolatchilik asbob-anjomlari to‘plami ishlab turgan joyiga olib borib topshirildi. U bundan juda mamnun.
Albatta, bu kabi loyiha davom etmoqda. Hali qancha yoshlar bizni kutmoqda. Bu safargi manzilimiz Navoiy viloyatidan bo‘ladi.