News
calendar 23.12.2024 | 23:43
view 497
ORZUGULNING ORZULARI USHALDI. ENDI U QO‘LI SHIRIN QANDOLATCHI

"Mohir qo‘llar" loyihasi tufayli juda ko‘plab yoshlar kasb-hunarli bo‘lib, nogiron bo‘lishlariga qaramay qo‘shimcha daromad topishga erishmoqdalar. Sirdaryolik 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning har biri ana shunday salohiyatga munosibdir.

Navbatdagi manzilimiz Gulistonlik Jo‘raeva Orzugul xonadonida bo‘ldi. Orzugul qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarida ekanligi sababli bizni uning onasi kutib oldi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan unga qandolatchilik asbob-anjomlari to‘plami topshirildi. Bu e'tibor va rag‘batdan mamnun bo‘lgan 

Orzugulning onasi Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondiga cheksiz minnatdorchilik bildirdi.

Albatta, bu kabi loyiha hali davom etmoqda. Tabiiyki, yoshlarimiz bunday e'tiborga munosib bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘zi hissalarini qo‘shadilar.