Navbatdagi manzilimiz Gulistonlik Jo‘raeva Orzugul xonadonida bo‘ldi. Orzugul qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarida ekanligi sababli bizni uning onasi kutib oldi.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan unga qandolatchilik asbob-anjomlari to‘plami topshirildi. Bu e'tibor va rag‘batdan mamnun bo‘lgan
Orzugulning onasi Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondiga cheksiz minnatdorchilik bildirdi.
Albatta, bu kabi loyiha hali davom etmoqda. Tabiiyki, yoshlarimiz bunday e'tiborga munosib bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘zi hissalarini qo‘shadilar.