News
calendar 20.09.2024 | 11:24
view 651
"QORBOBOGA XAT" LOYIHASIDA HECH BIR BOLA E'TIBORDAN CHETDA QOLMADI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan "Qorboboga xat" loyihasi doirasida 61 ta jajji bolajonlarga 16 turdagi o‘yinchoqlar, rasm chizish uchun bo‘yoqlar to‘plami, noutbuk, turli texnikalar va boshqa sovg‘a-salomlar ulashildi.

– Bu yerda gap, avvalo, sovg‘a-salomda emas. Asosiysi berilayotgan e'tiborda. Shifoxonadan turib Qorbobo nomiga  xat yozgan har bir bolajonning xohish-istaklari ijobat qilindi. Yangi yil bayrami arafasida bu sovg‘alar o‘z egalari yetkazildi. Biz bunday loyihalarni 2023 yilda ham davom ettiramiz, – deydi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova.

Ushbu sovg‘a-salomlar uchun bemor bolajonlarning o‘zlari va ota-onalari Jamoat fondiga alohida minnatdorchilik bildirishdi.