– Bu yerda gap, avvalo, sovg‘a-salomda emas. Asosiysi berilayotgan e'tiborda. Shifoxonadan turib Qorbobo nomiga xat yozgan har bir bolajonning xohish-istaklari ijobat qilindi. Yangi yil bayrami arafasida bu sovg‘alar o‘z egalari yetkazildi. Biz bunday loyihalarni 2023 yilda ham davom ettiramiz, – deydi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova.
Ushbu sovg‘a-salomlar uchun bemor bolajonlarning o‘zlari va ota-onalari Jamoat fondiga alohida minnatdorchilik bildirishdi.