News
calendar 23.12.2024 | 09:58
view 554
JAJJI ShUKRONA TURKIYADA DAVOLANMOQDA

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi moliyaviy ko‘magi bilan Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Maftuna Ochilovaning 2023 yilda tug‘ilgan farzandi  Shukrona Alimjonova ayni paytda “O‘t yo‘llari atreziyasi. Portal gipertenziya. Sitopeniya” tashxisi asosida Turkiyaning “Medical Park” shifoxonasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yuborilgan.

Jajji Shukronaning oyisi so‘zlariga ko‘ra, farzandining hozirgi ahvoli qoniqarli darajada. Barcha diagnostika-tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan. Turk shifokorlari tunu kun Shukrona salomatligini nazorat qilib turibdi. Shu munosabat bilan, u Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.