Jajji Shukronaning oyisi so‘zlariga ko‘ra, farzandining hozirgi ahvoli qoniqarli darajada. Barcha diagnostika-tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan. Turk shifokorlari tunu kun Shukrona salomatligini nazorat qilib turibdi. Shu munosabat bilan, u Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Yangiliklar
23.12.2024
|
09:58
553
JAJJI ShUKRONA TURKIYADA DAVOLANMOQDA
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi moliyaviy ko‘magi bilan Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Maftuna Ochilovaning 2023 yilda tug‘ilgan farzandi Shukrona Alimjonova ayni paytda “O‘t yo‘llari atreziyasi. Portal gipertenziya. Sitopeniya” tashxisi asosida Turkiyaning “Medical Park” shifoxonasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yuborilgan.