Yangiliklar
calendar 19.04.2025 | 09:06
view 169
BOLALAR FONDI VA OLIY MAJLIS DEPUTATLARI BEMOR BOLAJONLAR HOLIDAN XABAR OLDI

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi deputatlari hamda Bolalarni qo‘llab-quvatlash Jamoat fondi Vasiylik kengashi a'zolari 21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami arafasida U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga tashrif buyurib, bu yerda davolanayotgan bemor bolajonlar holidan xabar oldilar.

Uchrashuvda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Fondi tomonidan 250 ta turli adabiyotlar, shirinliklar va o‘quv qurollari jamlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shifoxona 250 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 10 ta bo‘lim, yordamchi va iqtisodiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda markaziy asab tizimining perinatal patologiyasi, bolalar serebral falaji, spinal mushak atrofiyasi va autistik spektr buzilishlari bilan og‘rigan bolalarga mamlakatimizning barcha hududlaridan tibbiy maslahat, jarrohlik va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. 

E'tiborli jihati, bu yerda 30 o‘ringa mo‘ljallangan respublikada yagona bo‘lgan “Autizm spektri buzilishlari bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘limi” faoliyat yuritmoqda. Har yili statsionarda 4 mingga yaqin bemor davolanadi, poliklinikada esa 20 mingdan ortiq bola maslahat oladi.