Ayni paytda Qozog‘istonning Ostona shahrida bolalar onkologiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir «University Medical Center» tomonidan tashkil etilgan.
🇺🇿 O‘zbekiston nomidan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova ham qatnashib, seksiyalarda O‘zbekistonda bolalar onkologiyasini oldini olishda jamoat tashkilotlarining o‘rni va ularning amaliy yordami mavzusida o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdi.
➡️Konferensiya doirasida qator muhim mavzular: bolalarda mikro RNK tadqiqotlari, palliativ yordamni tashkil etish, yuqori dozali XT ortidan asoratlar davosi, sepsis va septik shok, neyroblastomada immunoterapiya, transplantat reaksiyasida zamonaviy davolash usullari muhokama etildi.
✨ Mazkur xalqaro maydon ekspertlar, shifokorlar va olimlar uchun tajriba almashish, zamonaviy innovasiyalar bilan tanishish va bolalar hayotini asrab qolishda yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.