Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 13:41
view 613
DIYORBEKDA ILIK KO‘ChIRISh AMALIYOTI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI. U HOZIR O‘ZBEKISTONGA QAYTIB KELDI

2007-yilda tug‘ilgan Diyorbek Abbosovning ota-onasi farzandiga qo‘yilgan "Orttirilgan aplastik kamqonlikning og‘ir turi" tashhisi bilan davolanishga muhtoj holda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga murojaat qilgan edi. Fondning mahalliy va xorijlik shifokorlar bilan olib borgan konsiliumlaridan so‘ng, bemor Turkiyaning "Adjibadem" klinikasida davolanish uchun yuborildi. Unga ilik ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Diyorbekning hozirgi ahvoli ancha yaxshi. Ijobiy tomonga o‘zgarishlar bor. Fond tomonidan ham, qolaversa Turkiyalik shifokorlar ham har bir bemorni juda sinchkovlik bilan nazorat qilib borilmoqda.

Ushbu murakkab operatsiya Fondning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan birinchi va oxirgi amaliyotlar emas. Shu kunga qadar 20 nafar bola xorijning nufuzli klinikalarda davolanib, salomatligini tiklab qaytdi.

Diyorbek va uning ota-onasi bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga tashrif buyurib, avvalo Prezidentimizga va Fond tomonidan barcha xarajatlar qoplab berilganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.